Beyl: "Real"ning kiyinish xonasida o‘zingizni g‘oliblardek his qila boshlaysiz"

  • 22 iyun, 2023, 18:45
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real"ning sobiq hujumchisi Garet Beyl "qirollik klubi"ning kiyim almashtirish xonasidagi muhit haqida gapirdi.

Tecno

"Real Madrid"ning kiyinish xonasiga kirganingizda, o‘zingizni g‘oliblardek his qila boshlaysiz. Atrofingizda ajoyib futbolchilar borligi albatta bunga ta’sir qiladi. G‘alaba qozonish bu klubning mentalitetiga bog‘liq”, - deya uelslik futbolchining so‘zlarini keltiradi "BT Sport".

Eslatib o‘tamiz, Beyl 2013 yildan 2022 yilgacha Madrid jamoasini himoya qilgan. "Qaymoqranglilar" bilan birgalikda Garet 17 ta sovrinni qo‘lga kiritdi. Jumladan, besh bora Chempionlar ligasi va 3 marta Ispaniya chempionati. 33 yoshli sobiq futbolchining oxirgi ish joyi "Los-Anjeles" edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!