Beyl arzon futbolchiga aylanib qoldi

  • 15 sentabr, 2020, 15:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati bosh murabbiy bilan chiqisha olmayotgan Garet Beylni 20 million evroga sotib yuborishga tayyorligini bildirdi.

Tecno

Madridliklar qimmatbaho futbolchini arzon narxga sotib, uning maoshiga ketayotgan mablag‘ni saqlab qolmoqchi. Beyl “Real”ga 2013 yilda 100 million evroga yaqin mablag‘ evaziga ko‘chib etgan edi. U Madrid klubida eng katta maosh oladigan futbolchilardan hisoblanadi.

31 yoshli futbolchiga asosan “Manchester Yunayted” va “Tottenxem” qiziqish bildirmoqda. Biroq, manchesterliklar transfer bozoridagi ayrim rejalari o‘xshamasagina, Beyl variantini ko‘rib chiqadi. “Tottenxem” esa futbolchining maoshini ko‘tara olmaydi.

Beylning o‘zi maoshi pasaytirilishiga qarshi va “Real”da zaxirada o‘tirib bo‘lsa ham, yuqori maosh olishda davom ettirishga moyil bo‘lib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!