Berluskoni koronavirusga qarshi kurash uchun 10 mln evro xayriya qildi

  • 17 mart, 2020, 22:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyalik mashhur siyosatchi va "Milan" klubining sobiq prezidenti Silvio Berluskoni koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etishga qaror qildi.

Tecno

La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 83 yoshli Berluskoni Italiyada koronavirusdan eng ko‘p aziyat chekayotgan Lombardiya xududiga 10 mln evro xayriya qildi. Ushbu mablag‘ shaharda kasallanganlanganlarga yordam ko‘rsatuvchi vaqtinchalik klinika qurishga yo‘naltiriladi.

Ta’kidlash kerakki, ayni damda Italiyada 28 mingdan ortiq inson COVID-19 virusini yuqtirib olgan. Shulardan 2 mingdan ortig‘i o‘lim bilan yakunlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!