
Benzema: Ba’zan qiyin davrlarni boshdan o‘tkazdim...
Karim Benzema "Oltin to‘p" haqida fikr bildirdi. Biroz avval "Real" hujumchisi karerasida ilk bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi.
"Yoshligimni yaxshi eslayman. Hayotimda ikkita namuna bo‘lar edi: Zidan hamda Ronaldu. Bu qiyin ish. Qayta-qayta mashq qilish lozim. Ba’zan qiyin davrlarni boshdan o‘tkazdim. Terma jamoaga chaqirilmagan paytlarim ko‘p insonlar bilan muloqotda bo‘lish qiyin bo‘ldi. Bu holat meni ruhiy tomondan yana ham chiniqtirdi.
Xuddi shu tempda davom etaman hamda buyuk prezident Florentino Peresga rahmat aytaman.
Menimcha yoshning ahamiyati yo‘q. Ko‘pchilik 30 yoshdan so‘ng o‘z darajasini yana ham oshiradi. Bu maqsadli mehnat demakdir. Odatda, men yana ham ko‘proq mashq qilaman va o‘zimga taslim bo‘lmaslik kerakligini aytaman", - dedi Karim.
Fikrlar