
Benites "Nyukasl"dagi sobiq shogirdini Xitoyga chorlamoqda
"Vest Bromvich" klubi hujumchisi Salomon Rondon faoliyatini Xitoyning "Dalyan Ifan" klubida davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra xitoyliklar allaqachon 29 yoshli venesuelalik futbolchi bilan kelishuvga erishishgan. Endi ular faqatgina ingliz klubini ko‘ndirishsa bas.
Ma’lumotlarga qaraganda Rondonni "Dalyan Ifan"da shaxsan jamoa bosh murabbiyi Rafael Benites ko‘rishni xohlagan. Aytish kerakki, ular o‘z vaqtida "Nyukasl"da birga faoliyat olib borishgan.
Ma’lumot uchun, Benites “Vest Bromvich” safida 2015 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u 120da o‘yinda maydonga tushdi va 28ta gol hamda 10ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2020 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar