Bellingem "Real" safida Krishtianu Ronalduning rekordini takrorladi

  • 10 dekabr, 2023, 15:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real" futbolchisi Jud Bellingem kecha "Betis"ga qarshi bahsda o‘z nomiga yana bir gol yozdirib qo‘ydi. Ushbu bahsda uning jamoasi 1:1 hisobida durang natija qayd etdi. 

Tecno

E’tiborlisi, u mazkur goli orqali La Ligadagi ilk 14 o‘yinida 12 to‘p kiritishga erishgan futbolchi nomiga sazovor bo‘ldi. Bundan oldin faqat portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronaldu bunday natija qayd eta olgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Jud joriy mavsum "Real" safida umumiy 18 ta uchrashuvda 16 ta gol va 4 ta assist muallifi bo‘ldi. Shuningdek, u 3 marta hakamlar tomonidan sariq kartochkaga loyiq ko‘rildi. 

jud

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!