Bellingem, Endrik, Mbappe. Bu yulduzlarni “Real”ga o‘tishga ko‘ndirgan futbolchi nomi oshkor bo‘ldi

  • 23 iyul, 2024, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” keyingi paytda mashhur futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib olishni uddalayapti. Madridliklar so‘nggi bir yil ichida Jud Bellingem, Endrik va Kilian Mbappeni transfer qildi va yana bir necha nishonlar bo‘yicha ish olib bormoqda.

Tecno

Ispaniyaning AS nashri bu o‘yinchilarni “Real”ni tanlashga ko‘ndirayotgan o‘yinchi Vinisius Junior ekanini oshkor qildi.

Xususan, yuqorida nomi keltirilgan uchala futbolchi bilan ham Vinisius shaxsan gaplashib, ularni “Qirollik klubi”ni tanlashga ko‘ndirgan.

Ayni paytda Vinisius Junior madridliklarning navbatdagi nishoni – “bavariya” himoyachisi Alfonso Devis bilan aloqani ushlab turibdi va uni ham “Qirollik klubi”ga ko‘chib o‘tishga chorlayapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!