
Belarus chempionati. Legionerimiz jamoasi kumush medallariga ega chiqdi
Bugun Belarus chempionatida so‘nggi 30-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Legionerimiz Shahboz Umarov harakat qilayotgan BATE jamoasi o‘z maydonida "Vitebsk"ni qabul qilib, 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Umarov asosiy tarkibda maydonga tushdi va ikkinchi bo‘lim boshida zaxiraga olindi. Hamyurtimiz 26-daqiqada hakam tomonidan ogohlantirildi.
BATE jamoasi Belarus chempionatida joriy mavsum ikkinchi o‘rinni egalladi va kumush meddaliga ega chiqdi.
Fikrlar