
Bekzod Abdurahmonov Olimpiada bronza medali uchun kurashadi
Erkin kurash bo‘yicha -74 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan mahoratli vakilimiz Bekzod Abdurahmonov bronza medali uchun o‘tish bosqichida Gvineya-Bisau vakili Augusto Midanaga qarshi gilamga chiqdi. 3 daqiqa 22 soniya davom etgan bahsda vakilimiz 10:0 hisobida g‘alaba qozondi va endi bronza uchun qozog‘istonlik Doniyar Qaysanovga qarshi gilamga chiqadi.
Ma’lumot uchun, 2018 yilgi Osiyo o‘yinlari final bahsida Bekzod Abdurahmonov Doniyar Qaysanovni 3:2 hisobida mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgandi.
Fikrlar