
Bekxem: "MYu maydonga g‘alaba uchun chiqmayapti"
Angliya terma jamoasi sobiq yulduzi Devid Bekxem APLning 4-turida "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" (3:0) o‘rtasidagi derbidan so‘ng jamoa haqida fikr bildirdi.
"Umid qilamanki, futbolchilar bu mag‘lubiyatdan muxlislardek og‘riq his qilishyapti. Ular maydonga g‘alaba uchun xohishsiz chiqishyapti. Bu o‘yinni kuzatish men uchun juda og‘ir bo‘ldi. Shu turdagi o‘yinlarni ko‘rishdan to‘ydim", – dedi Bekxem "CBS Sports"ga.
Hozirgi vaqtda Ruben Amorim shogirdlari 4 ochko to‘plab, Angliya chempionatining turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik mutaxassis qo‘l ostidagi jamoa navbatdagi uchrashuvini 20 sentyabr kuni Londonning "Chelsi" klubiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar