
"Bazel" "Yang Boyz"ga muddatidan avval chempionlikni taqdim etdi
Kecha Shveytsariya Superligasining 29-turida "Bazel" o‘z maydonida "Grassxopper"ni (0:0) enga olmadi.
Ushbu uchrashuvdan so‘ng bazelliklarning peshqadam "Yang Boyz" bilan oralaridagi ochkolar farqi 22taga etdi. Chempionat yakuniga esa 7ta tur qolganini inobatga olganda “Yang Boyz” muddatidan avval birinchi o‘rinni naqd qildi. Ta’kidlash kerakki, "Yang Boyz" hali 29-tur o‘yinini o‘tkazgani ham yo‘q.
Ma’lumot uchun, Shveytsariya Superligasida bor yo‘g‘i 10ta jamoa ishtirok etadi. Bu "Yang Boyz" tarixidagi 13-chempionlik bo‘ldi.
Fikrlar