"Ba’zan muxlislarga yoqmaydigan ishni qilishga to‘g‘ri keladi" yoxud Boshkovich nega Dorievni zaxirada qoldirdi?

  • 16 avgust, 2024, 01:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superligada 16-tur start oldi. "So‘g‘diyona" jamoasi bu tur Toshkentda "Olimpik" mehmoni bo‘ldi va kichik hisobda g‘alaba qozondi. Bellashuvdan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Ivan Boshkovich matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Tecno

- Oson o‘yin kutmagan edim. Chempionatda bunday bahslar qolmadi. Juda ko‘plab vaziyatlar yaratdik, ammo foydalana olmadik. Hal qilish kerak. So‘nggi daqiqalarda raqib bizni jazolashi mumkin edi. Darvozabonimiz bizni qo‘llab yubordi. Ba’zida bitta to‘p farqi bilan ham yutish kerak.

- "So‘g‘diyona" nimaning evaziga g‘alabani saqlab qoldi?

- Hozir tahlil qilishning imkoni yo‘q. "Olimpik"ning tarkibi yosh, ammo yomon emas. Ularga biroz tajriba etishmadi. Raqib bir necha bor bizning pressingimizni engib o‘tdi. So‘nggi daqiqalarda o‘yinda tavakkal qilishdi. Bu chempionatda 90 daqiqa hech kim o‘yinni boshqara olmaydi! Bugun biz g‘alabaga loyiq edik. 

- Dorievning zaxirada qolishini qanday izohlaysiz?

- Taqvim juda ham zich. Bizni oldinda muhim bahs kutib turibdi. Charchoq yig‘ilib qolmoqda. Ba’zan, muxlislarga yoqmaydigan ishni qilishga to‘g‘ri keladi. Yovovich keyingi o‘yinga tushishi savol ostida qolmoqda. Men bosh murabbiyman va tarkib borasidagi barcha mas’uliyatni zimmamga olaman. Uzoqni o‘ylashimiz kerak. Bugun uddaladik. "Neftchi" bilan o‘yinga ayrim futbolchilarimiz tayyor holda boradi. 

- Chempionlik poygasidagi imkoniyat haqida fikringiz qanday? "Neftchi" va "Paxtakor" haqida fikringiz qanday?

- Men istalgan jamoaga qarshi o‘yinda futbolchilarimdan g‘alaba kutaman. Bu mening xarakterim. Men doim nima uchundir kurashishga odatlanganman. Psixologiyam shunday. Bizda maqsad bor. Futbolchilarimda va menda ham bor. Asosiy maqsad hammani engish. Umid qilamanki, bu chempionlik uchun etarli bo‘ladi. Hozir istalgan jamoaga chempionlik haqida gapirishga erta.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!