
"Bayer" chempion bo‘lishi uchun yana nechi ochko kerak?
"Bayer" chempion bo‘lish uchun Bundesliganing 7 uchrashuvidan 3 tasida g‘alaba qozonishi kerak.
Kecha leverkuzenliklar "Xoffenxaym" ustidan g‘alaba qozondi (2:1). Ikkinchi o‘rindagi "Bavariya" esa "Borussiya"ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Endilikda "Bayer" hisobida 73 ochko bor. Tomas Tuxel shogirdlari esa 60 ochko to‘plagan.
Shu tariqa, Xabi Alonso shogirdlari chempionlikni qo‘lga kiritish uchun qolgan 7 turning 3 tasida g‘alaba qozonishi kifoya.
Fikrlar