Baxtiyor Ashurmatov: Yana bitta legioner olib kelsak yomon bo‘lmasdi

  • 19 yanvar, 2021, 16:23
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsum uchun hozirlik ko‘rayotgan "Bunyodkor" va "Qo‘qon-1912" jamoalari o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga chiqdi. O‘yin 2:2 hisobida yakunlandi. Bahsdan keyin qo‘qonliklar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

"2:0 hisobini yo‘qqa chiqarganimizni hisobga olsak, durang yaxshi natija bo‘ldi. Yigitlar yomon futbol ko‘rsatmadi. Amalga oshirilgan o‘zgarishlar o‘yin saviyasiga ta’sir qildi.

Birinchi raqamli rejamiz Farg‘ona viloyati hokimi kubogida ishtirok etish. U erda kuchli jamoalar yig‘iladi. O‘ylaymanki, o‘sha bellashuvlarda o‘z tarkibimizni shakllantirib olishimiz mumkin.

Ivan Yosovich tarkibimizga kelib qo‘shiladi. Hozircha, boshqa legionerlar chaqirganimiz yo‘q. Vaziyatga qaraymiz. Imkon bo‘lsa, yana bitta legioner olib kelsak yomon bo‘lmasdi.

To‘g‘risi, janubiy koreyalik futbolchining o‘yinini ko‘rishimizni tavsiya qilishdi. Agar uni jamoamizga foydasi tegadi, deb hisoblasak, klubda olib qolishmiz mumkin. Balki O‘zbekistonga endi kelgani uchun hali moslashib ulgurmagandir. Shu sababli, unda foydali tomonlarni ko‘rmadim. Menimcha, koreyalik futbolchi keyingi yig‘inlarimizga qo‘shilmaydi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!