Baxtiyor Ashurmatov: "Muxlislar bizni bu turnirda shunchaki ishtirok etadi, deb o‘ylashmasin"

  • 29 yanvar, 2022, 05:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Farg‘ona shahrida “Hokim kubogi-2022” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Turnirning asosiy favoriti hisoblangan “Qo‘qon-1912” jamoasining bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatovdan musobaqada haqida o‘z fikrlarini bayon qilshlarini so‘rab murojaat qildik.

Tecno

- “Farg‘ona viloyati xokimi kubogi” musobaqasi mana bir necha yildirki an’anaviy tusga aylanib ulgurdi. So‘nggi yillarda turnirda Qirg‘iziston jamoalari ham ishtirok etishlari natijasida musobaqa halqaro darajaga chiqib bordi. Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi xorij yig‘ini tufayli bu yilgi musobaqada ishtirok eta olmayotgani turnir nufuzini tushirmaydi. Qolgan ishtirokchi jamoalar ham yaxshi raqiblar, deb aytishim mumkin.

“Hokim kubogi” musobaqasida jamoamiz eng yuqori maqsadni ko‘zlagan. Biz bu turnirda g‘olib chiqishni istaymiz. Barcha o‘yinlarda faqat g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Muxlislarimiz bizni bu turnirda shunchaki ishtirok etadi, deb o‘ylashmasin. Musobaqaning eng foydali tomonlaridan biri jamoamizga yangi qo‘shilgan futbolchilarni maydonda sinab olish imkoni yuzaga keladi.

ashurmatov_10

Shu o‘rinda bu turnirni tashkil qilib berayotgan Farg‘ona viloyati hokimi Xayrulla Xayitboevich Bozorovga o‘z nomimdan, jamoamiz hamda muxlislarimiz nomidan minnatdorlik bildiraman. Viloyatimiz xokimi futbolning haqiqiy jonkuyari bo‘lgan inson deb bilaman. U kishining boshchiliklarida viloyatimizda futbol tobora rivojlanib bormoqda. Viloyatimizning ikki jamoasi Superliga o‘yinlarida ishtirok etishida ham viloyatimiz rahbarining hissalari juda katta. Xayrulla Xayitboevich bizning jamoamizga ham befarq emaslar. Bizni doim kuzatib, kerak bo‘lsa moddiy hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlab turishibdi. “Qo‘qon-1912” jamoasi bu yilgi mavsumda Superliga o‘yinlarida viloyatimiz sharafini munosib himoya qilishiga ishonchim komil va bu yo‘lda bor kuch-g‘ayratimizni ishga solib mehnat qilishga tayyormiz” - dedi Baxtiyor Ashurmatov.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!