“Bavariya”ga “Barsa”ning eng kichik yulduzi kerak

  • 9 iyul, 2021, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumda “Barselona”da yorqin o‘yin ko‘rsatgan Pedri “Bavariya” e’tiboriga tushdi.

Tecno

Bundesliga chempioni kataloniyaliklardan 18 yoshli yarim himoyachini sotib olmoqchi.

Aslida myunxenliklar 2020 yili Chempionlar ligasida “Barselona”ni 8:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratganidan keyin Pedri transferi uchun 45 million evro taklif qilgandi. O‘shanda mag‘lubiyat alami tufayli “Barselona” darrov rad javobini bergan.

Endi “Bavariya” vunderkind uchun 60 million evro bermoqchi. Pedrining shartnomasi bir yildan so‘ng yakunlanishini inobatga olsak, bu juda katta summa hisoblanadi.

Biroq, “Barselona” shartnomani bir tomonlama ikki yilga uzaytirish huquqidan foydalanib, o‘yinchini ushlab qolishi mumkin.

Pedri “Las-Palmas” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Ikki yil oldin 15 yoshli futbolchi uchun kataloniyaliklar 20 million evro to‘lagan. Shu paytga qadar, Pedri “Barsa” tarkibida jami 52 ta uchrashuv o‘tkazib, to‘rtta to‘p kiritdi va oltita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!