"Bavariya" yangi markaziy hujumchi topdi

  • 10 mart, 2023, 15:40
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi va Frankfurtning "Ayntraxt" klubi hujumchisi Randal Kolo-Muani "Bavariya" qiziqishlari doirasida. Bu haqda "Todofichajes" nashri xabar berdi.

Tecno

Nemis grandi yanvar oyidagi transferlar oynasida 24 yoshli futbolchini qo‘lga kiritishga harakat qildi, biroq futbolchi va uning klubi bilan kelishuvga erisha olmadi. "Transfermarkt" portali Randalning narxini 37 million evroga baholanmoqda. Hujumchining "Ayntraxt" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida Kolo-Muani 22 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan va sheriklariga 10 ta samarali uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!