
"Bavariya" vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi
“Chelsi” yarim himoyachisi Meyson Maunt "Manchester Yunayted" o‘rniga Bundesligaga yo‘l olishi mumkin.
The Guardian nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Bavariya" mankunianliklar "Chelsi" bilan muzokaralar davomida duch kelgan muammolardan xabardor va shu sababli vaziyatdan unumli foydalanib qolmoqchi.
Germaniya chempioniga ustozlik qilayotgan Tomas Tuxel “aristokratlar” safidagi sobiq shogirdining imkoniyatlari borasida ijobiy fikrda va shu bois hozirgi jamoasida ham uni ko‘rishni xohlamoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, londonliklar "Manchester Yunayted"dan bonuslar bilan birga 65 million evro talab qilishgan. Biroq, «Chelsi» xorij klubi manfaati uchun o‘z talablarini kamaytirishi mumkin.
Fikrlar