
"Bavariya" ustozi dunyoning eng yaxshi darvozaboni kimligini aytdi
"Bavariya" bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann 35 yoshli darvozabon va jamoa sardori Manuel Noyer haqida gapirdi.
"Men u bilan ishlaganimdan juda xursandman. U hali ham dunyoning eng yaxshi darvozaboni. Manuel oyoqlari bilan ajoyib va aql bovar qilmaydigan reflekslarga ega.
Men uni televizorda kuzatardim, shuning uchun u hozir biz bilan ekanligidan xursandman”, - dedi germaniyalik mutaxassis.
Fikrlar