
"Bavariya" top futbolchini Manchester klublariga bermaydi
"Bavariya" frantsiyalik yarim himoyachi Kingsli Komanni transferga qo‘ymoqchi emas.
Oldinroq, The Athletic nashri 24 yoshli futbolchining transferi masalasida myunxenliklar bilan muzokara o‘tkazayotgani xabar qilingan edi. Biroq, Sport Bild jurnalisti Kristian Falk bu ma’lumotni rad etdi.
Falkning ta’kidlashicha, "Bavariya" Leroy Sanening transferi jarayonida ingliz klubi tomonidan Komanni kelishuvga kiritish haqidagi taklifiga rad javobini bergan.
Insayder shu sabab klub futbolchini "Manchester Yunayted"ga ham sotmasligi haqida ta’kidlab o‘tmoqda.
Joriy mavsumda Koman Bundesligada 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar