"Bavariya" o‘tgan yili sotib olgan futbolchisini yozda sotib yubormoqchi

  • 22 aprel, 2022, 18:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning xabar berishicha, Avstriya terma jamoasi va “Bavariya” klubi yarim himoyachisi Marsel Zabittser joriy mavsum oxirida nemis grandi safini tark etishi mumkin.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, yarim himoyachiga "Atletiko" Madrid va "Arsenal" klublari qiziqmoqda. Qayd etilishicha, myunxenliklar klubi Zabittserga taxminan 15 million evro taklif qilinsa, u bilan xayrlashishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" avstriyalik futbolchini o‘tgan yozda "RB Leypsig"dan xuddi shu 15 million evroga sotib olib, u bilan 2025 yilgacha shartnoma imzolagan edi.

Zabittser joriy mavsum Bundesligada 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!