"Bavariya" hujumchisi bilan shartnoma uzaytirish arafasida

  • 4 mart, 19:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Bavariya" va Leroy Sane shartnoma bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar bermoqda mashhur jurnalist Florian Plettenberg 
 
Leroy nemisliklar bilan 2025 yildan keyin ham shartnomani uzaytirish masalasida ijobiy muzokaralar olib bormoqda. So‘nggi oylarda tomonlar o‘rtasidagi kelishuv ehtimoli oshgan. 
 
Biroq hozircha rasmiy taklif taqdim etilmagan va yakuniy qaror qabul qilinmagan. Shu sababli, muzokaralar hali bir necha hafta davom etishi kutilmoqda. 
 
Manbaga ko‘ra, Sane Myunxenda qolishni xohlaydi va kuchli o‘yinlari orqali klubni yangi shartnoma taklif qilishga ishontirish niyatida. 
 
Joriy mavsum 29 yoshli hujumchi 32 ta uchrashuvda qatnashib, 8 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!