"Bavariya" himoyachisi jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqdi

  • 26 mart, 14:06
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" himoyachisi Alfonso Devis jarohat olib, 6 oyga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, kanadalik futbolchi xochsimon paylarini uzib olgan. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning jarohatdan forig‘ bo‘lishi 6 oyni talab qiladi. Bundan tashqari, bir necha kun oldin germaniyalik posbon hisoblangan Noyer ham o‘zini noqulay his qilgani sabab, jamoasiga yordam bera olmasligi ma’lum edi. 
 
Devis bir necha oy oldin Madridning "Real" klubi qiziqishiga qaramay, nemisliklar bilan shartnomasini 2030 yilgacha uzaytirgan edi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli fulbek joriy mavsum 31 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!