
"Bavariya" etakchisi "Inter"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi
"Bavariya" yarim himoyachisi Jamol Musiala jarohati tufayli safdan chiqdi. Futbolchi Bundesliganing 28-turi doirasida “Augsburg”ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat oldi.
BILD nashrining xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi safdan ikki haftadan uch haftagacha chiqqan bo‘lishi mumkin. Yaqin kunlarda Musialaga MRT tekshiruvi o‘tkaziladi va shundan so‘ng tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Shunday qilib, Jamol Milanning “Inter” klubiga qarshi Chempionlar Ligasi chorak finalining ilk o‘yinida maydonga tusha olmaydi. Bundan tashqari u Bundesliga doirasida "Borussiya"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Musiala joriy mavsumda jami 39 o‘yinda ishtirok etib, 17 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar