
"Bavariya" EChLning ilk turida g‘alaba qozonish bo‘yicha rekord o‘rnatdi
«Bavariya» EChL guruh bosqichining ilk turida «Tsrvena Zvezda»ni (3:0) mag‘lubiyatga uchratdi. O‘z navbatida, myunxenliklarning startdagi 16-g‘alabasi sifatida qayd etildi. Shuni aytish kerakki, bu natija EChL rekordi hisoblanadi. Bu haqda OptaFranz nashri xabar berdi.
"Bavariya" klubi oxirgi marta 2002 yil 16 sentyabrda «Deportivo»ga (2:3) imkoniyatni boy bergandi. Shundan beri germaniyaliklar 1-turni g‘alaba bilan boshlashmoqda.
Fikrlar