
"Bavariya" Devisni deb katta muammolarga duch keldi
Myunxenning "Bavariya" klubi kanadalik himoyachi Alfonso Devisga 22 million evro miqdorida bonus bergani ortidan muammolarga duch keldi.
Xorijiy OAVlarning xabariga ko‘ra, bu qaror klubga ikki jihatdan salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Birinchidan, "Bavariya" kelajakdagi transferlar borasida o‘zini moliyaviy jihatdan cheklab qo‘ydi. Ikkinchidan, shartnomasi yakuniga etayotgan boshqa futbolchilar Devisdan o‘rnak olib, klubdan katta bonuslar talab qilishmoqda.
Ma’lumot uchun, Devisning yangi shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha amal qiladi. "Transfermarkt" ma’lumotiga ko‘ra, uning transfer narxi 50 million evroni tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, futbolchini Madridning "Real" klubi ham qo‘lga kiritishni istagan, shuning uchun "Bavariya" yangi shartnoma bo‘yicha Devisning talablariga rozi bo‘lishga majbur bo‘lgan edi.
Fikrlar