Bavariya" "Arsenal" yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

  • 3 iyun, 2023, 14:55
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jaka yana bir nemis klubi nishoniga tushdi. Insayder Florian Plettenbergning xabar berishicha, "Bavariya" 30 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Tecno

Germaniya chempioni shveytsariyalik futbolchi uchun avvalroq Granitga qiziqish bildirgan "Bayer" Leverkuzen bilan raqobatlashish niyatida.

Jaka joriy mavsumda Premer-ligada 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yarim himoyachining shartnomasi 2024 yilgacha mo‘ljallangan va uning narxi 28 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!