
“Barselona”ning yangi futbolchisi nimadan buncha norozi?
Yozgi transferlar vaqtida “Yuventus”dan “Barselona”ga ko‘chib o‘tgan Miralem Pyanich yangi jamoasidagi holatidan norozi bo‘lmoqda.
Bosniyalik pleymeyker shu paytgacha Ispaniya chempionatida oltita uchrashuvda maydonga tushib, jami 170 daqiqa o‘ynadi. Chempionlar ligasida beshta o‘yinda maydonda 381 daqiqa harakat qildi.
Rostini aytsam, nega bunaqa holat vujudga kelganini bilmayman. Men ko‘proq o‘ynashni istayman va jamoaga yordam bera olishga tayyorman. Men bu munosabatdan noroziman. Hozircha sab bilan kutishga majburman. Lekin buni qabul qila olmayman, - dedi Pyanich.
Fikrlar