"Barselona"ning sobiq skauti: Vinisius ortimizdan pichoq urdi

  • 12 aprel, 2021, 17:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning sobiq skauti Andre Kyuri braziliyalik hujumchi Vinisius Junior 2018 yilda kataloniyaliklar safiga ko‘chib o‘tishga va’da bergani, ammo yakunda "Real"ni tanlagani haqida gapirib berdi.

Tecno

"Biz Vinisiusga “Real”dan 3 yil oldin aloqaga chiqqanmiz. Biz uning agentlari bilan kelishuvga erishdik, ammo keyin ular bizga xiyonat qilishdi. Ular ortimizdan pichoq urishdi. Vinisius “Real”ga o‘tishidan 2 hafta oldin o‘zini “Barselona” muxlisi, deb aytgan. U Neymarni o‘z kumiri, Messini esa Ronaldudan yaxshiroq, deb aytgan. Lekin “Real”ga o‘tgach, u boshqa gaplarni gapirdi", - dedi sobiq agent Kyuri.

"Real" Vinisiusni 2018 yilda 45 million evro evaziga sotib olgan edi. O‘shanda u 16 yosh edi. O‘tgan davr mobaynida u “Qirollik klubi”da jami 107 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 14 ta gol hamda 22 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

“Real” ayni damda La Liga musobaqa jadvalida 2-o‘rinda, “Barselona” esa 3-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!