"Barselona"ning muhim futbolchisi "Bavariya"ga qarshi o‘ynamaydi

  • 22 oktabr, 2024, 14:13
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Diario Sport xabar berishicha, "Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo Chempionlar ligasi 3-turidan o‘rin olgan "Bavariya"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.

Tecno

Manbada yozilishicha, klub futbolchining jarohati qaytalanishidan havotirda. Endigina safga qaytgan futbolchi "Sevilya"ga qarshi maydonga ham tushmagan. Shu sababli ispaniyalik futbolchi "Bavariya"ga qarshi maydonga tushmaydi. Mazkur bahs toshkent vaqti bilan 23-oktyabr 23:59 da boshlanadi.

Joriy mavsum La Ligada 26 yoshli yarim himoyachi 3 ta uchrashuvda 3 ta gol urishni uddaladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!