
"Barselona"ning etakchilaridan biri uzoq muddatga safdan chiqdi
"Barselona"ning yangi futbolchisi Dani Olmo kecha "Jirona"ga (4:1) qarshi bellashuvda jarohat olgandi.
Tibbiy tekshiruvdan so‘ng uning qancha muddatga safdan chiqqani ma’lum bo‘ldi. Ispaniyaning bir qator nashrlari "Barselona"ning muhim futbolchisi 4-5 hafta jamoasiga yordam bera olmasligi haqida yozmoqda.
Qayd etish lozim, Olmo "Barselona" safida ilk 3 uchrashuvining barchasida gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.
Fikrlar