
"Barselona"ga "Leyptsig" himoyachisi kerak
"Leyptsig" himoyachisi David Raum "Barselona"ga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Ekrem Konurning so‘zlariga ko‘ra, kataloniyaliklar Raumning holatini kuzatib bormoqda. 25 yoshli himoyachiga APL va Bundesliga klublaridan ham qiziqishlar borligi haqida xabalar chiqqandi. Shuningdek, unga "Bavariya" va Dortmundning "Borussiya" klubi qiziqayotgani ham aytilgandi.
Joriy mavsumda Raum Bundesliganing 23 uchrashuvida 2 ta gol urdi va 6 ta goli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar