
"Barselona"da tarix takrorlanishi mumkin
Xabaringiz bor, o‘tgan yili yozda "Barselona" jamoasi hujumni kuchaytirish maqsadida "Atletik"dan Niko Uilyamsni olib kelmoqchi edi. Biroq, transferlar oynasi yakunigacha jamoaning ushbu maqsadi amalga oshmadi va Niko o‘z jamoasida qoldi.
Kataloniyaliklarda o‘sha payti Rafinyaning ishlari yurishmayotgan va chap qanotga vinger qidirayotgan davrlar edi. Mana bir yil ham o‘tdi, bu vaqt mobaynida braziliyalik hujumchi Flik qo‘l ostida ajoyib formaga keldi.
Shunday bo‘lsa-da, jamoa vinger xarid qilmoqchi. Variantlar orasida Dias, Leau va Reshford bor va ko‘proq Dias asosiy nomzod bo‘lib turgan edi.
Buni qarangki, o‘tgan yili "ko‘k-anorranglilar" tarkibiga kelishni inkor etgan Niko bu safar ushbu transfer amalga oshishini o‘zi xohlamoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, vinger boshqa takliflarni ko‘rib chiqmasligi, faqatgina "Barsa"ga o‘tishi yoki "Atletik"da qolishini aytgan.
"Barsa" tarixida bunday holat avval ham kuzatilgan:
2006 yil: Anri "Barcelona" taklifini rad etdi.
2007 yil: Oradan bir yil o‘tib, Terri "Barcelona"ga qo‘shildi.
2018 yil: Grizmann "Barcelona"ga o‘tmaslikka qaror qildi.
2019 yil: Keyingi mavsumda Antuan "Barcelona" futbolchisi sifatida e’lon qilindi.
2024 yil: Niko "Barcelona" taklifini qabul qilmadi.
2025 yil: Uilyamsning o‘zi "Barsa"ga o‘tmoqchi, endi hammasi klubga bog‘liq.
Fikrlar