“Barselona”da o‘ynolmagan o‘yinchi Ispaniyaga qaytmoqda

  • 30 mart, 2022, 14:36
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sevilya shahrining ikki klubi – “Sevilya” va “Betis” ayni paytda “Udineze” sharafini himoya qilayotgan Jerar Deulofeuni Ispaniya chempionatiga qaytarmoqchi, deb xabar bermoqda fichajes.com sayti.

Tecno

Ispaniyalik hujumkor futbolchi “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Biroq, u bir necha urunishda ham kataloniyaliklar asosiy tarkibidan joy ola bilmadi. Natijada “Everton”, “Sevilya”, “Milan”, “Uotford” kabi jamoalarda ijarada o‘ynadi.

2021 yili “Udineze” Deulofeuning transferini 17 million evroga sotib oldi. Ispaniyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2024 yilnin yozida yakunlanadi. Uni xarid qilmoqchi bo‘lgan klublar 10 million evro sarflashi kerak.

28 yoshli o‘yinchi joriy mavsumda A Seriyada 25 ta uchrashuvda to‘qqizta gol urib, ikkita golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!