
"Barselona" yarim himoyachisi "Roma" nishonida!
"Barselona" yarim himoyachisi Mark Bernal “Roma”ning transfer maqsadiga aylandi.
Rim klubi 18 yoshli futbolchining shartnoma shartlarini kelishib olish maqsadida "ko‘k-anorranglilar" bilan allaqachon bog‘langan, deya xabar beradi insayder Janluka di Martsio.
Istiqbolli yarim himoyachi yaqinda jarohatidan forig‘ bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda xochsimon paylaridan jarohat olgan edi. Bernalga "Betis" ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Bernalning narxi 5 million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar