
"Barselona" Yamalning 10-raqamli libosi sotuvidan bir kunda 10 million evro foyda ko‘rdi
"Barselona" bir kun ichida hujumchi Lamin Yamalning 70 ming futbolkasini sotishga muvaffaq bo‘ldi.
Manbaga ko‘ra, futbolkalar sotuvidan tushgan daromad 10 million evro atrofida bo‘lishi kutilyapti. Aniq miqdor esa yaqin kunlar ichida e’lon qilinadi. Qayd etilishicha, futbolkalar 170 ta davlatda sotilgan.
16 iyul kuni kataloniyaliklar 18 yoshli Yamal kelasi mavsumdan boshlab 10-raqam ostida to‘p tepishini ma’lum qilgandi. Bu aynan talabning yuqoriligidan kelib chiqqan.
Fikrlar