“Barselona” Xolandni qanday olmoqchi ekani oshkor bo‘ldi

  • 12 yanvar, 2024, 21:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” to‘purari Erling Xolandga ispan grandlari – “Real” va “Barselona” xaridor ekani haqida xabarlar tarqatilgan edi.

Tecno

Ko‘pchilikni moliyaviy inqirozlardan to‘liq chiqa olmayotgan “Barselona” qimmatbaho futbolchini qanday qo‘lga kiritishi qiziqtirayotgan edi.

Futbol Objetivo nashri “Barsa” xo‘jayini Joan Laportaning Xoland transferi bo‘yicha rejasini oshkor qildi. Unga ko‘ra, kataloniyaliklar uch banddan iborat strategik reja tuzgan.

Birinchi bosqichda Xolandning transferiga pul tikadigan investorlar ishga solinadi. Hozir mutasaddilar ana shu investorlarni topishga kirishgan.

Keyingi reja, bir necha futbolchilar, xususan Robert Levandovski, Jyul Kunde va Rafinyani sotib yuborib, transferdan kelgan mablag‘ni Xolandni olishga yo‘nalishdan iborat.

Uchinchi qadam Erling Xolandni moliyaviy masalalarga e’tibor qaratmasdan, “Barselona”dek buyuk klub bilan o‘z taqdirini bog‘lashga ko‘ndirish bo‘ladi.

Laportaning bu rejasi ish beradimi yoki yo‘q buni vaqt ko‘rsatadi.        

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!