"Barselona" sport direktori "Real" transferlarini baholadi

  • 22 iyun, 16:47
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" sport direktori Deku "Real Madrid"ning yozda hozirgacha amalga oshirgan transferlari haqida o‘z fikrini bildirdi. Hozirga qadar Madrid klubi himoyachilar Din Xyuysen va Trent Aleksander-Arnold, shuningdek, o‘ng qanot hujumchisi Franko Mastantuono bilan shartnoma imzolagan.

Tecno

- "Real"ning yangi transferlari haqida nima deysiz?
- Markaziy himoyachi Xyoysen juda yaxshi. Aleksander-Arnold ham a’lo darajadagi himoyachi.

- "Barselona" Franko Mastantuonoga qiziqish bildirganmidi?
- Bizning vaziyatimiz "Real"nikidan farq qiladi. Masalan, Vitor Rokeni olaylik. Uni sotib olgan paytimizda Levandovski 34 yoshda edi va biz kelajakni o‘ylab ish tutgandik. Biroq, noto‘g‘ri tanlangan vaqt va sharoitlar tufayli hamma narsa rejalashtirganimizdek bo‘lmadi, - dedi Deku "La Vanguardia" gazetasiga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!