"Barselona" sobiq murabbiyiga Saudiyadan taklif tushdi

  • 24 may, 16:30
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xavi Ernandes Saudiya Arabistoni klubiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin. Bu haqda "Foot Mercato" nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 45 yoshli mutaxassisga "Al-Ahli" klubi taklif bilan chiqqan. Hozirgi vaqtda Saudiya klubini Mattias Yaysle boshqarmoqda.

Tecno

"Al-Ahli" Saudiya Arabistoni chempionati jadvalida beshinchi o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, jamoa bu mavsumda Osiyo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Xavi 2021 yil noyabrdan 2024 yil iyunigacha "Barselona"ning bosh murabbiyi lavozimida ishlagan edi. Hozirda u ishsiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!