"Barselona" qiziqish bildirgan Jahon chempioni faoliyatini Frantsiyada davom ettiradi

  • 1 sentabr, 20:28
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter"ning frantsiyalik himoyachisi Benjamin Pavar faoliyatini "Marsel"da davom ettirishi mumkin.

Insayder Matteo Morettoning xabar berishicha, klublar og‘zaki kelishuvga erishgan. Futbolchi 15 million evroga sotib olish imkoniyati bilan ijara asosida Frantsiya chempionatiga yo‘l oladi.

Italiyaliklar "Marsel"ning dastlabki takliflarini rad etgan bo‘lsa-da, tomonlar yakunda murosaga kelishdi.

Tecno

Avvalroq, himoyachiga ispaniyaning "Barselona" kklubi ham qiziqish bildirgani haqida xabar bergan edik.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Pavarning qiymati 25 million evroni tashkil etadi. Futbolchi 2023 yilning yozida Myunxenning "Bavariya" jamoasidan Italiyaga ko‘chib o‘tgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!