
"Barselona" Pike o‘rniga APLdan zo‘r himoyachi olib keladi
"Barselona" "Manchester Siti" himoyachisi Emerik Lyaportni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.
Manbaning yozishicha, kataloniyaliklar Emerikni faoliyatini yakunlagan Jerar Pikega o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. "Barsa" ispaniyalik futbolchini qishki transfer oynasidayoq xarid qilishga urinib ko‘radi.
Lyaport joriy mavsum "shaharliklar" tarkibida 6 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga bitta assist yozdirib qo‘ygan. Uning "Siti" bilan amaldagi bitimi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar