
“Barselona” oltita yulduzni olib keladi
“Barselona” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida jamoa tarkibini taniqli futbolchilar bilan kuchaytirishi kutilmoqda.
Kataloniyaliklar hali moliyaviy muammolarini bartaraf eta olgani yo‘q. Shu bois, e’tiborini qimmatbaho yulduzlar emas, balki transfer summasi pasaygan yoki erkin agentga aylanayotgan mashhur o‘yinchilarga qaratgan.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Barselona” mutasaddilari asosiy e’tiborini yozda erkin agentga aylanadigan Jorjino (“Arsenal”), Niko Uilyams (“Atletik”) hamda Antoni Marsyal (“Manchester Yunayted”) kabi futbolchilarga qaratadi.
Shuningdek, kataloniyaliklar jamoasida o‘zini ko‘rsata olmayotgan va klub rahbariyati voz kechishga tayyor bo‘lgan “Bavariya” himoyachisi Matteys de Ligt, “Arsenal” hujumkor futbolchisi Kay Xaverts va “Manchester Yunayted”dan chetlatilgan Jeydon Sancho kabi o‘yinchilar atrofidagi vaziyatni ham kuzatib boradi.
Fikrlar