
"Barselona" muxlislari uchun ajoyib xushxabar! "Yuventus" futbolchisi "Kamp Nou"ga kelishga rozi bo‘ldi
“Yuventus” klubi yarim himoyachisi Miralem Pyanich “Barselona”ga o‘tishga rozilik bildirdi.
Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, bosniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” safiga o‘tishga rozilik bildirgan va endi ushbu transfer amalga oshishi uchun klublar o‘zaro murosaga kelishib olishsa bas. Aytish kerakki, turinliklar “Barsa”ning braziliyalik xavbeki Arturni o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi. Ammo, u jamoadan ketmoqchi emas.
Kataloniyaliklar esa “Yuve”ga Arturo Vidal yoki Ivan Rakitichning xizmatlarini taklif qilmoqchi.
Pyanich joriy mavsum A Seriyada 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 4 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar