"Barselona" Messining qaytishi uchun La Ligadan yozma kafolat talab qildi

  • 15 may, 2023, 17:54
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi o‘z tarixidagi eng yaxshi to‘purar Lionel Messini qaytarishga qizg‘in hozirlik ko‘rmoqda. "Sport" nashri xabariga ko‘ra, agar La Liga "ko‘k-anorranglilar" rejasini tasdiqlasa, Kataloniya klubi chempionat rahbariyatidan yozma kafolat so‘raydi. "Barselona" ma’lum bir hujjatni olgandan keyingina "Kamp Nou"ga qaytishga tayyor bo‘lgan Messi bilan muzokaralarni boshlaydi.

Tecno

Mavsum oxirida Lionelning PSJ bilan shartnomasi tugaydi va bu unga erkin agent sifatida yangi jamoaga qo‘shilish imkoniyatini beradi.

Agar "Barselona" varianti amalga oshmasa, Messi Saudiya Arabistoniga o‘tishni ko‘rib chiqadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!