
"Barselona" Messini "Inter"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritdimi?
"Barselona" Evropa Chempionlar Ligasining 2-turidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi bahs uchun qaydnomasini e’lon qildi.
La Liganing 7-turida "Xetafe"ga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuvni o‘tkazib yuborgan Lionel Messi qaydnomaga kiritildi.
"Barselona": Mark-Andre ter Stegen, Nelson Semedu, Jerar Pike, Ivan Rakitich, Serji Roberto, Jan-Kler Todibo, Artur, Luis Suares, Lionel Messi, Usman Dembele, Neto, Kleman Langle, Mussa Vage, Antuan Grizmann, Karles Alenya, Serxio Buskets, Frenki de Yong, Arturo Vidal, Xunior Firpo, Karles Peres.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Inter" qarama-qarshiligi 2 oktyabrda Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar