"Barselona" mavsumning qolgan o‘yinlarini qaysi stadionda o‘tkazadi?

  • 19 may, 2020, 18:44
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi joriy 2019/20 yilgi mavsumning qolgan qismini qaysi stadionda o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Tecno

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, kataloniyaliklar rahbariyati bu borada "Kamp Nou" va o‘rinbosarlar jamoasin o‘ynaydigan Yoxan Kroyff arenalari o‘rtasida tanlov amalga oshirdi. Garchi, nisbatan qimmatroq bo‘lsada, rahbariyat “Kamp Nou” variantiga to‘xtaldi.

Ammo, bu boradagi yakuniy qarorni "Barselona" sardori Lionel Messi va vitse-sardorlar Jerar Pike, Serxio Buskets va Serxi Robertolar qabul qilishadi.

“Barselona” ayni damda 58 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!