
“Barselona” Martinellini sotib olsa, Torresga chiqish eshiklarini ko‘rsatadi
“Barselona” yangi vinger sotib olishni istaydi. Klub “Arsenal” futbolchisi Gabriel Martinellini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda. Agarda ushbu transfer amalga oshsa, jamoani Ferran Torres tark etadi, deya xabar bermoqda, “Fichajes” nashri.
Torres 2021 yilda Ispaniya klubiga kelib qo‘shilgandi. Xavi futbolchiga mavsum davomida ko‘p o‘yin amaliyoti bermayapti. Murabbiy uni barcha chempioantlarda 7 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirdi. Bu Ferranga yoqmaydi va uning o‘zi ham klubni tark etishga qarshi emas.
Manbaning ta’kidlashicha, 23 yoshli vingerga “Milan” qiziqmoqda. Klub Torresni o‘z safiga qo‘shib olishdan manfaatdor.
Fikrlar