“Barselona” Levandovski o‘rniga zo‘r to‘purar topdi

  • 12 iyul, 2024, 10:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ni ketishga tayyorgarlik ko‘rayotgan Markus Reshford  faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Tecno

26 yoshli to‘purarga “Barselona” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Kataloniyaliklar Markus Reshfordni 35 yoshli  Robert Levandovskiga o‘rinbosar qilib olib kelmoqchi.

Keyingi mavsumlarda Reshfordning o‘yini qovushmayapti. Manchesterliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘tgan chempionat davomida bir necha bor hujumchiga norozilik bildirdi.

Klubda eng katta maosh olayotgan Markus Premer-ligada 33 ta uchrashuvda ettita gol urib, ikkita assistni amalga oshirdi xolos.

Mutaxassislar futbolchiga faoliyatini tiklab olish uchun muhitni o‘zgartirishni tavsiya qilmoqda. “Manchester Yunayted” ham katta maosh to‘lashdan qutilish uchun forvardni qo‘yib yuborishga rozi.

Reshfordning amaldagi shartnomasi 2028 yilning yarmigacha davom etadi va futbolchining transfer narxi 60 million evroga baholanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mahmud Ttww
12/07/2024 12:36
Умуман Барсага тушмайдиган ғалча ўша рэшфорд