"Barselona" "Lester" vakiliga ko‘z tikdi

  • 9 dekabr, 2023, 16:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" yanvar oyidagi transferlar vaqtida maydon markaziga yangi futbolchi sotib olmoqchi. "Sport" nashri xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" yozda shartnoma muddati tugaydigan "Lester" yarim himoyachisi Uilfred Ndidiga ko‘z tikishgan.

Tecno

Manbaning xabariga ko‘ra, "Barselona" nigeriyalik futbolchining transferini yanvar oyida yakunlamoqchi. Bundan tashqari "Lester"ning o‘zi ham uni qishda sotishga tayyor, chunki mavsum yakunida "tulkilar" Ndidini tekin qo‘yib yuborishga majbur bo‘ladi.

26 yoshli Ndidi joriy mavsum Chempionshipda 15 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!