"Barselona" ikkita futbolchi bilan shartnoma imzoladi. Bu hammasi emas

  • 1 sentabr, 2022, 20:10
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi transfer oynasining so‘nggi kunida ham faol bo‘lib turibdi. 

Kataloniyaliklar "Arsenal"ga tegishli bo‘lgan va o‘tgan mavsumni "Betis" safida ijarada o‘tkazgan Ektor Belerinni o‘z safiga qo‘shib oldi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi. 

Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" "Chelsi" qanot himoyachisi Markos Alonso bilan ham shartnoma imzoladi. Ikki klub Obameyang hamda Alonso rokirovkasini amalga oshirishdi. Qayd etish lozim, "aristokratlar" qo‘shimcha 14 million evro pul ham to‘laydi. 

Shuningdek, boshqa bir insayder Jerar Romero bergan xabarga ko‘ra, "Barsa" bugun yana bir futbolchi transferini e’lon qilishi mumkin. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!